AI–SPEECHEVAL
Ushbu maqola sun’iy intellekt (AI) asosida og‘zaki nutqni avtomatik tahlil qiluvchi va baholovchi AI–SpeechEval tizimini taqdim etadi. Tizim avtomatik nutqni tanish (ASR), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), faktlarni tekshirish, spektral analiz va nutq sifatini baholash funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot maqsadi ta’lim jarayonlarida sub’ektiv baholash muammolarini hal qilish va o‘zbek tilida ishlaydigan xolis tizim yaratishdir. Metodologiya spektral analiz, seq2seq modellar, NLP algoritmlari (morfologik, sintaktik, semantik tahlil) va metrikalarga asoslangan bo‘lib, eksperimental natijalar WER 5–8% aniqlikni ko‘rsatadi. Natijalar ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimni taklif etadi, kelajakda ko‘p tilli qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan holatini baholash va lingvistik markerlarni aniqlashni nazarda tutadi. Maqola audio va matn analizining ilmiy manbalariga, jumladan spektral analiz usullari va intellektual text tahliliga asoslangan.